Dasturchilar
Kompilyatsiya

Kompilyatsiya Jarayoni

Agar reliz bilan qoniqmasangiz, ushbu dasturlash tilini o'zingizni qurilmangizda eng oxirgi yangilanishlar bilan kompilyatsiya qilib olishingiz mumkin.

⚠️

Eng oxirgi komitada yuklangan reliz ishlashiga muallif kafolat berolmaydi. Agar muammolardan holis bo'lishni istasangiz, relizni yuklang!

Kompilyatisya qilish uchun avval Rust dasturlash tili o'rnatilganligini tekshiring. Agar o'rnatilmagan bo'lsa rustni o'rnatish sahifasiga o'tib rustni o'rnatib oling.

Ko'chirib olish

Kompilyatsiya qilish uchun avval kerakli havolalarni internetdan ko'chirib olaylik. Ikki xil usulda ko'chirib olishimiz mumkin: git orqali yoki zip faylda. Ko'proq git yordamida ko'chirish tavsiya qilinadi.

Git orqali ko'chirish

Agar sizning qurilmangizda git dasturi mavjud bo'lsa, git yordamida quyidagi buyruq satri yordamida proyektni ko'chirib olishingiz mumkin:

git clone https://github.com/osmon-lang/osmon.git

To'gridan to'g'ri zip faylda ko'chirish

Agar sizda git bo'lmasa, ushbu tugmachani bosish yordamida eng oxirgi yangilanishni zip faylda ko'chirib olishingiz mumkin:

Kompilyatsiya bosqichi

Dasturni kompilyatisya qilish uchun endi ko'chirilgan proyekt papkasi ichida terminal ochamiz va ushbu buyruq satrini ishga tushuramiz:

cargo build --release

va ushbu buyruq ishga tushurgandan so'ng uzoq sabr tilayman sizlarga!

Kompilyatsiya natijasi

Agar oxirida sizda ham shunday natija ko'rsatsa, demak kompilyatsiya muvaffaqiyatli o'tdi. Ishga tushuruvchi faylni esa target/release papkasi ichida topasiz. Agar sizda *NIX oilasiga mansub operatsion tizim bo'lsa, osmon nomida bo'ladi, aks holda osmon.exe.

Kompilyatsiya payti

Sinab ko'rish

Kompilyatsiya qilingan ishga tushuruvchini olib istalgan joyga qo'yamiz va yonida yana fayl yaratamiz. Faylga salom.osm deb nom beramiz. Fayl ichida esa, quyidagi dasturni yozamiz:

funksiya asosiy() {
    yoz("Ismingiz nima?");
    joy ism = oqi();
    yoz("Salom, ",ism);
}

va undan so'ng esa, shu fayllar joylashgan joyda terminal ochib, quyidagi buyruq satrini ishga tushuramiz:

shell .\osmon.exe .\salom.osm

va ishga tushurgandan so'ng, ko'rsatilgan natijani olamiz.

Ishga tushurilgan natija

Agar yanada ko'proq misollar bilan sinab ko'rishni istasangiz, muallif tomonidan yaratilgan osmon-examples (opens in a new tab) repozitoriyasiga murojat qilishingiz mumkin.