Osmon Dasturlash Tili

Osmon avvalambor bu o'zbek dasturchilari tomonidan yaratilgan dasturlash tili hisoblanadi va bu dasturlash tili yaratilishidan asosiy maqsad, til yoki boshqa o'rganishga to'sqinlik qiluvchi muammolar mavjud insonlar uchun o'rganish protsessini yengillashtirishdir. Osmonning muallifi esa Sohibjon (opens in a new tab) hisoblanadi va bu proyekt asosan muallifning bo'sh vaqtida qilingan hobby proyekt hisoblanadi.

O'zbek sintaksisi

Avvalambor ko'rinishidan g'alati tuyulgan bu til odamlarga yoqishi yoki bir vaqt o'zida yoqmasligi tabiiy hol. Nega degan savol tug'iladi? Bilamizki deyarli hamma dasturlash tillari o'zining so'z lug'ati sifatida ingliz tilini ishlatishadi. Hamma dasturchilikka kirib kelgan dasturchilar esa ingliz tili lug'atida dasturlar yozishga ko'ninikib qolishgan va shu insonlar uchun o'zbek tilida yaratilgan dasurlash tilini ko'rish bir taraflama g'ayratabiiy holatdir. Lekin osmonning asosiy maqsadi dasturchilikda tajribasi bor emas, aksincha butunlay bu sohada tajribasiz yoki endi kirib kelayotgan avlodni yanada osonroq tarzda hozirgi tillar logikasi bilan tanishtirish va dasturchilikda o'z tajribalarini orttirishdir. Zero keyinchalik o'sha ingliz tilidagi dasturlash tiliga o'tganda hech qanday qiyinchiliklar tug'ilmasin.

Sintaksis Rust va Go dasturlash tillariga o'xshashligi

Avvalambor bu dasturlash tili muallifi bo'lmish Sohibjon juda ham qattiq istagandiki shu dasturlash tilidan boshlagan avlod keyinchalik Go yoki Rust kabi tillarga o'tish jarayonini osonlashtirishni. Rust va Go bo'lishidan sabab esa Sohibjonning taxminiga binoan bu ikki til keyingi 3-5 yillargacha trend bo'lishini kuzatgan. Ya'ni avlod osmon ni o'rgangach, Rust yoki Go ga o'tib tezda o'rganishadi va o'z sohalarida qiyinchiliklarsiz faoliyatini davom ettirishadi.

Tilning kelajakda o'sishi

Bu til kelajakdagi o'sishi avvalambor tilning mashhurligi bilan bog'liq deya takidlab o'tadi muallif. Qancha til ko'p ishlatilsa, shuncha til ustida ko'p ishlanadi va sayqallanadi. Agar til nofaol holatda ketaversa, uning rivojlanishiga ham bu juda qattiq ta'sir ko'rsatadi. Bu proyekt muallifning bo'sh vaqtida yaralgan hobby proyekt hisoblanadi va bu proyektga muallifning vaqt ajratishi uning ixtiyoridadir.

Yangiliklar chiqishi juda uzoq

O'zbekiston bo'yicha "open source" (ochiq manba) tizimida ishlovchi senior dasturchilar judayam kam, ya'ni sanoqlidir va ularning hisobida ushbu til muallifi kiradi. Open Source da dastur yozganga hech kim ish haqqi to'lamaydi va hatto open source tizimida shakllangan texnologiyalardan foydalanuvchi kompaniya va biznes dargohlar hech bo'lmaganda sponsorlik qilish yoki ozgina maosh ajratishdan ham bosh tortishadi shuncha ishlatishlariga qaramasdan. Shuning uchun ham ko'plab dasturchilar Open Source da biron proyekt yozishdan ko'ra biron pullik proyekt boshini tutib qo'pol qilib etganda "soqqa qilish" ni ep ko'rishadi. Muallif esa juda qattiq ishonadi kelajakdagi o'zbek open source rivojiga va bunday nohaqliklarga qaramasdan texnologiyalar yaratish va rivojlantirishda hali ham davom etmoqda.