Xush Kelibsiz!

Avvalambor sizni Osmon dasturlash tilini o'rganishga tashrif buyurganingizdan mamnunmiz. Ishonamanki, ushbu dasturlash tili sizga katta dasturlar qurishda yordam beradi.

Osmon dasturlash tili bu nima?

Osmon dasturlash tili bu avvalambor o'z IR/AST implementatsiyasiga ega o'zbek dasturchilari tomonidan yaratilgan dasturlash tili. Ushbu dasturlash tili gibrid tildir, ya'ni ham kompilyatsiya, ham runtime da ishlash qobiliyatiga ega. Ushbu dasturlash tili haqida ko'proq ma'lumot sahifasidan olishingiz mumkin.

Dasturlash tili maqsadlari

Hozirda Osmon dasturlash tili ko'proq sodda va gibrid rejimiga ega dasturlash tili bo'lishga intilmoqda. Bu bilan birga dasturchi uchun ergonomik muhit yaratib berish, va unga tez va stabil dastur yozish imkonini berish maqsadida ishlab chiqilmoqda.